Benzema - PSJga qarshi o'yin haqida: "Yaqqol favorit yo'q"

Mirjalol Normatov
14 fev 2022, 23:08
"Real" hujumchisi Karim Benzema YCHL 1/8 finali doirasida PSJga qarshi o'yin haqida gapirdi.

"Yaqqol faqorit yo'q. Bugungi futbolda oldindan bir nima deb bo'lmaydi. Bugungi futbolning favoriti yo'q. Bugun g'alabaga erishib, finalga chiqishing mumkin. Ammo u yerda ham seni kamida 90 daqiqa kutib turgan bo'ladi. Bazida kuchlilar ham yutavermaydi. 

Balki g'alabaga erisharmiz. Yaxshi o'yin o'tkazish uchun shu erga keldik. 100 foiz kuchni maydonga tashlash va nimalarga qodirligimizni ko'rsatishimiz kerak. O'zimni yaxshi his qilyapman. Mashg'ulot qilaveraychi, murabbiylarning har qanday qarorini hurmat qilaman.

Bu erga jamoaga yordam berish uchun keldim. Agarda shunday bo'lmaganida "Real"da o'ynamasdim. E'tiborni tezroq jarohatdan forig' bo'lishga qaratish kerak. Ammo uni chuqurlashtirib, jamoaning holatini qiyinlashtirmaslik ham lozim", - dedi Benzema.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal