Benzema pley-offda 7 ta gol urdi. Ronalduning rekordiga 3 ta gol qoldi

Aziz Tukhtamuradov
13 apr 2022, 08:57
"Real" futbolchisi Karim Benzema "Chelsi"ga qarshi o'yinda gol urdi (2:3).

Endi fransiyalik futbolchi hisobida ushbu musobaqaning pley-off bosqichidagi 7 ta gol bor. 

YCHL pley-offlarida gol urish bo'yicha rekord Krishtianu Ronalduga tegishli. U 2017 yilgi mavsumda "Real" safida 10 ta gol urgan. 

Ikkinchi o'rinni 8 ta gol bilan Lionel Messi egallab turibdi. Uchinchi ko'rsatkichni esa Benzema va Neymar 7 ta gol bilan qayd etmoqda. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Opta