Benzema: "Men Saudiya Arabistoni futboli tarixida iz qoldirishni istagandim"

Omonjon To`xtamirzayev
13 okt 2023, 16:22
"Al Ittixod" klubi hujumchisi Karim Benzema nima sababdan faoliyatini Saudiya Arabistoni davom ettirishga qaror qilgani haqida gapirdi.

"Men "Real" tarkibidagi faoliyatim va erishgan yutuqlarimdan keyin yangi sarguzasht vaqti kelgandi.

Men futbol bo'yicha kelishimdan ancha avval Saudiya Arabistoniga kelishni istaganman. Keyinroq barchasini o'zgartirib yuborgan futbol loyihasi ishlab chiqildi. Men bu tarixning bir bo'lagi bo'lishni istadim. Saudiya futbolini yangi darajaga olib chiqish uchun yordam berishni xohlayman. Shuning uchun ham hozir shu yerdaman.

Bundan tashqari bu musulmon davlat. Meni juda yaxshi kutib olishdi. Meni yaxshi ko'rishlarini darhol sezdim. Shuning uchun men Saudiya Arabistonidaman".

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: Roshn Saudi League Твиттери