

Hozirda 230 ta golga ega bo'lgan fransiyalik futbolchi 228 ta gol urgan "Real" sobiq forvardi Raul Gonsalesdan o'zib ketdi.
OptaJose'ning tvittyerda yozishicha, La Liga tarixidagi to'purarlar ro'yxatida Benzema faqat Lionel Messi (474), Krishtianu Ronaldu (311), Telmo Sarra (252) va Ugo Sanchesdan (234) ortda boryapti.
Shuningdek, Benzema Ronaldudan keyin "Real"ning La Ligadagi eng yaxshi ikkinchi to'purariga aylandi.



