Benzema faoliyatini "Lion"da yakunlashi mumkin

Madridning "Real" klubi hujumchisi Karim Benzema "Lion" klubi televideniyasining faoliyatini faliyatini qayerda yakunlamoqchiligi to'g'risidagi savoliga javob berdi.

"Men "Lion"da tanildim, hozirga darajamga chiqishimda klubning katta hissasi katta. Qaytish masalasiga kelsak, hozir vaqti emas. Men dunyoning eng kuchli klubida o'z tarix yaratishda davom etaman. Ammo kelajakni hech kim bilmaydi. Faoliyatimni "Lion"da yakunlash? Nima uchun yo'q?", – dedi fransiyalik hujumchi.

Eslatib o'tamiz, Benzema "qirollik klubi" safiga 2009 yilda "Lion"dan borib qo'shilgandi. U Madrid klubi uchun barcha turnirlarda 241ta gol urdi va jamoa tarixidagi eng yaxshi asistentga aynlandi (132).


Manba: AS