Benzema: "Anchelotti o'yinchiga o'z futbolini o'ynash imkoniyatini beradi"

Sherzod Nurmatov
21 okt 2022, 16:00
Madridning "Real" klubi hujumchisi Karim Benzema bosh murabbiy Karlo Anchelotti bilan munosabatlari haqida gapirdi.

Mutaxassis to'rtinchi mavsumdan beri jamoani boshqarmoqda.

"U ajoyib murabbiy, menga katta ishonch bag'ishlaydi. Anchelotti o'yinchiga o'z futbolini o'ynash imkoniyatini beradi. U har doim g'alaba qozonishga intiladi va o'zgarishlarga qo'l uradi. Men u tomonidan hech qanday bosim his qilmayman", – dedi Benzema.

Benzema joriy mavsum Ispaniya chempionatida 5 ta gol urdi. "Real" La Liga musobaqa jadvalida peshqadamlik qilmoqda.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Madrid Xtra