Bendtner 4-6 hafta maydonga tusha olmaydi

Narzulla Saydullayev
4 yanv 2014, 22:00
Arsenal hujumchisi Niklas Bendtner kamida bir oy futbol o'ynay olmaydi.
Tibbiy ko'rik natijasiga ko'ra daniyalik futbolchining to'pig'ida shikastlanish borligi aniqlandi, deb xabar bermoqda Goal.com.

Eslatib o'tamiz, Bendtner APL 20-turida Kardiffga qarshi o'yinda (2:0) jarohat olgandi.

Angliya chempionatining bu mavsumida Bendtner 8ta o'yinda 2ta to'p kiritdi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru