Bellingem "Real"dagi 9 o'yinida 8 gol urdi

Mirjalol Normatov
4 okt 2023, 00:59
"Real" futbolchisi Jud Bellingem "Napoli"ga qarshi o'yinning birinchi bo'limida gol + pas amalga oshirdi.

Ayni damda "Napoli" hamda "Real" jamoalari YCHL 2-turi doirasida kurash olib bormoqda. Bahsning 27-daqiqasida Jud Bellingemning pasidan keyin Vinisius Junior gol urishga muvaffaq bo'ldi. Oradan 7 daqiqa o'tib, 34-daqiqada uning o'zi gol urib, jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi.

Shu orqali Bellingem Ispaniya klubi tarkibidagi 9-o'yinidagi 8-golini urdi. Shuningdek, unda yana 3 assist bor.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia