

Eslatib o'tamiz, ikki futbolchi "uch sherlar"ning markaziy hududida juftlik hosil qiladi.
"Deklan Rays – men juda qadrlaydigan inson. U – aql bovar qilmas futbolchi. Deklan o'z ishining ustasi va dunyodagi eng yaxshi yarim himoyachilardan biri", – dedi Bellingem.
Rays va Bellingem kelasi yozda ko'plab top-klublarning transfer maqsadlari bo'ladi. Deklanga "Chelsi" va "Manchester Yunayted" qiziqish bildirmoqda. Xuddi shu klublar Jud bilan shartnoma imzolamoqchi, ammo buning uchun ular "Real", "Liverpul" va "Manchester Siti" bilan kurashishlari kerak.



