Bellingem "Las-Palmas"ga qarshi o'yinda ishtirok etmaydi

Alisher
22 yanv 2024, 00:10
Jud Bellingem sariq kartochkalari yig'ilib qolgani sabab La Liganing keyingi o'yinini o'tkazib yuboradi.

"Real" yarim himoyachisi "Almeriya" (3:2)ga qarshi o'yinning ikkinchi taymiga qo'shib berilgan 11-daqiqada ogohlantirildi. Bu Bellingem uchun La Liganing joriy mavsumidagi beshinchisi bo'ldi.

Shunday ekan, Bellingem diskvalifikaciya sabab "Las-Palmas"ga qarshi 22-tur o'yinini o'tkazib yuboradi. O'yin 27 yanvar kuni bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: championat.asia