Belgiya JCH-2018ga yo'llanmani qo'lga kiritdi!

Narzulla Saydullayev
4 sen 2017, 01:35
Belgiya terma jamoasi JCH-2018 saralashida Gretsiyani mag'lub etishga erishdi (2:1).

Shu tariqa, Belgiya Rossiyadagi mundialga yo'llanmani qo'lga kiritdi. Saralash bahslari tugashiga 2 tur qolganida Belgiya eng yaqin taqibchisidan 8 ochkoga o'zib ketdi. Yevropa qitasida saralashdan muvaffaqiyatli o'tgan dastlabki jamoa aynan Belgiya bo'ldi.

Bunga qadar mezbon Rossiya, Braziliya, Eron, Yaponiya va Meksika jamoalari 2018 yilgi mundialga yo'llanmani qo'lga kiritib bo'lishgandi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia