Belgiya 2010 yildan beri ilk marta ketma-ket ikki rasmiy o'yinda mag'lub bo'ldi

Aslanov Jasurbek
10 okt 2021, 23:06
Belgiya terma jamoasi Millatlar ligasi doirasida uchinchi o'rin uchun kechgan bahsda Italiya terma jamoasiga yutqazdi (1:2).

Avvalroq turnir yarim finalida Roberto Martines shogirdlari Fransiyaga imkoniyatni boy bergandi (2:3).

Belgiyaliklar shu tariqa 2010 yildan buyon ketma-ket ikkita rasmiy o'yinda mag'lub bo'ldi.

O'shanda terma jamoada ketma-ket uch mag'lubiyat qayd etilgandi: 2009 yilning oktyabr oyida Estoniyaga qarshi (0:2), 2010 yilning sentyabrida Germaniyaga (0:1) va Turkiyaga (2:3) qarshi o'yinlar boy berilgan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Opta