Belerin: "Venger uchun yutishni istagandik"

Mirjalol Normatov
4 may 2018, 12:16
"Arsenal" himoyachisi Ektor Belerin Yevropa ligasi yarim finalidan keyingi fikrlarini bildirdi.

"Juda xafamiz. "Atletiko" o'z maydonida har doim kam gol o'tkazib yuboradi. Barchamiz charchadik, kiyinish xonasida barchamiz xafa edik.

Bosh murabbiyimiz uchun yutishni istagandik. Uning faoliyati buyuk darajada. Mavsumni yuqori notada yakunlashni istagandik, shu boisdan biz o'zimizdan qattiq xafa bo'lyapmiz", - dedi Belerin.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: uefa.com