Belarus chempionati. “Shaxtyor” o'z maydonida BATE bilan durang o'ynadi va chempionlik masalasi so'nggi turlarga qoldi (+jadval)

Eldor Akmurzayev
7 noya 2020, 22:55
Musobaqa 28-turidan o'rin olgan markaziy bahsda 1:1 hisobi qayd etildi.

Uchrashuvda hisob 25-daqiqada borisovliklar forvardi Pavel Nexaychik tomonidan ochildi. 2-bo'limning oxirlarida BATE darvozasiga penalti belgilandi va nuqtaga yaqinlashgan “Shaxtyor” himoyachisi Roman Begunov zarbada adashmadi – 1:1.

Bahsni asosiy tarkibda boshlagan soligorskliklar to'purari Jasurbek Yaxshiboev o'yin davomida faol harakat qildi hamda 69-daqiqada qo'polligi uchun sariq kartochka oldi.

Shu tariqa, peshqadam va taqibchi o'rtasidagi intriga saqlanib qoldi. 1-o'rindagi BATE hisobida 54 ochko bo'lsa, 2-pog'onadagi “Shaxtyor”da 53 ochko mavjud. Chempionat tugashiga esa atigi 2 tur qoldi.

Shaxter – BATE 1:1 (0:1, 1:0)

21.00, Stroitel

Gollar: 0:1 – 25 Nexaychik, 1:1 – 81, penalti Begunov.

Shaxter – Gutor, Antich, Xadarkevich, Begunov, Sachivko, Podstrelov, Ivanovich, Szoke, Kendish, Yaxshiboev, Kabananga (Arxipov, 53).

BATE – Chichkan, Filipenko, Filipovich, Nastich, Filipovich, Villumsson, Yablonskiy, Stasevich, Dragun (Bessmertnyy, 88), Nexaychik (Milich, 74), Skavish (Signevich, 82).

Ogohlantirishlar: Dragun (30), Xadarkevich (57), Yaxshiboev (69), Skavish (81).

TURNIR JADVALI

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia