Belarus chempionati. "Energetik-BGU" safarda g'alaba qozonib, yetakchilikni qo'lga oldi, Abdixoliqovdan gol + assist!

Sherzod Nurmatov
20 avg 2022, 18:05
Belarus Oliy ligasi 18-turidan o'rin olgan "Sluck" – "Energetik-BGU" bahsi tugadi.

Uchrashuvda "Energetik-BGU" 2:1 hisobida g'alaba qozondi. Himoyachi Abduqodir Husanov to'liq 90 daqiqa o'ynadi va 38-daqiqada sariq kartochka oldi. Hujumchi Bobir Abdixoliqov esa uchrashuvni to'liq o'tkazib, birinchi golda assistent vazifasini bajardi va g'alaba keltiruvchi golga mualliflik qildi.

Ma'lumot uchun, Abdixoliqov chempionatda joriy mavsumdagi 17-golini urdi hamda eng yaqin taqibchisidan 7 ta golga oldinda bormoqda.

Sluck – Energetik-BGU 1:2

 Gorodskoy stadion

Gollar: 1:0 – 25 Kotov, 1:1 – 50 Svirepa, 1:2 – 84 Abdixoliqov.

Sluck – Ostroux, Obrazov, Branovec, Grechishko, Bylinkin, Zayac, Kotov, Koncedaylov, Girs (Yarockiy, 71), Sachkovskiy, Obune.

Energetik-BGU – Lukashevich, Makushinskiy (Turich, 81), Svirepa, Makavchik, Lavrik, Pashevich (Rilach, 46), Silinskiy, Pliev (Gvaradze, 46; Chul, 89), Husanov, Abdixoliqov, Papariga (Grishenko, 46).

Ogohlantirishlar: Pliev (35), Husanov (38), Obune (52), Obrazov (53), Silinskiy (60), Grechishko (82).

Turnir jadvali

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia