Eshitdik-da! Bekobodda sovuq shamol esmoqda yoxud "Metallurg"ning keyingi taqdiri qanday kechadi?

Narzulla Saydullayev
2 noya 2024, 14:06
Bekobodning "Metallurg" klubi bu yil Superligadan Pro ligaga tushib ketish uchun asosiy nomzod bo'lib turibdi.

Bekoboddan yetib kelgan ma'lumotlarga ko'ra, "Metallurg" akademiyasining bir qator ishchilari ishdan bo'shatilgan. Tez orada asosiy jamoada ham o'zgarishlar kuzatilishi ehtimoli yo'q emas, chunki jamoaning salbiy natijalari rahbariyat va muxlislarni qattiq ranjitmoqda.

Avvalroq "Metallurg" klubi homiysi sanalgan "O'zmetkombinat" AJda kadrlar almashinuvi yuzaga kelib, Investiciyalar vazirining sobiq o'rinbosari Dilshod Axmedov Kombinat Boshqaruvi raisi – bosh direktori lavozimiga tayinlangandi.

Bekobod ahliga bevosita aloqador xushxabarga ko'ra, yangi rahbariyat "O'zmetkombinat"ning 80 yillik yubiley bayrami munosabati bilan kombinatda faoliyat yuritayotgan har bir xodimga 2 mln so'mdan 3,5 mln so'mgacha bir martalik mukofot puli to'lagan.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia