

Mundialning hal qiluvchi bahsi 2018 yilning 15 iyuliga belgilangan. Bahs Britaniya vaqti bo'yicha 16:00da boshlanadi (Toshkent vaqti bilan 20:00), o'sha kuni 14:00da (Toshkent vaqti bilan 18:00) tennis turnirining finaliga start beriladi.
BBC JCH-2018 finalida Angliya terma jamoasi, Uimbldonda esa Endi Marrey o'ynashidan xavfsiramoqda.
Shu sababli BBC va Yaponiyaning NKH telekanali FIFAga murojaat qilib, jahon chempionati finali vaqtini o'zgartirishni so'rashdi, ammo rad javobini olishdi. FIFAdagilarning fikricha, final uchun tanlangan vaqt jahon auditoriyasi uchun qulay vaqt.



