"Bazel" "Inter" forvardi uchun 3 million berishga tayyor

Alisher
7 iyul 2021
"Inter" hujumchisi Sebastyano Espozito Shveytsariyaga yo'l olishga yaqin.

O'yinchining xizmatlariga "Bazel" qiziqish bildirmoqda. Klub forvard uchun 3 million evro to'lashga tayyor.

Jamoa vakillari tez orada bitimni muhokama qilish uchun uchrashishadi.

O'yinchi o'tgan mavsumni ijara asosida "Veneciya"da o'tkazdi. U B Seriya doirasidagi 28ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol va 2ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira