"Bayer" mavsum startidan beri 51ta mag'lubiyatsiz o'yin o'tkazdi – 42 g'alaba va 9 durang. Oldinda ikkita bahs qoldi

Alisher
18 may 2024, 23:31
"Bayer" ketma-ket 51-o'yinda mag'lub bo'lmadi.

Leverkuzenliklar Bundesligadagi yakuniy turda o'z maydonlarida "Augsburg" (2:1)ni mag'lub etishdi.

Xabi Alonso jamoasi joriy mavsumda birorta o'yinda mag'lubiyatga uchramadi – 42ta g'alaba va 9ta durang.

Leverkuzenliklarning mavsumda ikkita o'yinlari qoldi – "Atalanta"ga qarshi Yevropa ligasi finali va "Kayzerslautern" bilan Germaniya kubogi finali.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: championat.asia