Baxtiyor Ashurmatov: “Ikkinchi taymda yaxshi o'ynadik, lekin...”

Narzulla Saydullayev
18 iyul 2018, 23:24
Superliga 17-turidan olgan “Qo'qon-1912” – AGMK uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida mehmonlar ustozi Baxtiyor Ashurmatov qatnashdi.

- Afsuski, jamoamiz birinchi bo'limda mazmunsiz o'yin ko'rsatishdi. Bu yerda murabbiylarning xatosi bor. Ikkinchi taymda yaxshi o'ynadik. Lekin hisob 0:2 bo'lib ulgurgandi. Trifunovich gol urganida vaziyat boshqacha bo'lardi. Mag'lubiyatning asosiy sababi birinchi bo'limda bo'sh o'ynaganimiz bo'ldi. “Qo'qon-1912” jamoasi bugun yaxshi harakat qildi. Ularni g'alaba bilan tabriklayman.

Hozirgi holatda bahona qidirish yarashmaydi. Natijani yaxshilash uchun harakat qilishimiz lozim. Murabbiy natija uchun javob berishini unutmagan maqul.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: kokand1912.uz