"Bavariya"dagilar Tuxeldan norozi: Murabbiy futbolchilar bilan kam muloqot qilyapti, jamoaning o'sishi to'xtab qolgan

Aslanov Jasurbek
15 okt 2023, 00:59
"Bavariya"da Tomas Tuxelga bo'lgan norozilik ortib boryapti.

Ma'lumotlarga ko'ra, jamoa bazi vakillarining murabbiyga bo'lgan "sabr kosasi to'lib" boryapti. Ularning fikricha, 50 yoshli mutaxassis jamoaga deyarli ta’sir ko'rsatmayapti va "Bavariya"ning o'yinida o'sish to'xtab qolgan.

Shu bilan birga futbolchilar Tuxel ular bilan muloqot qilmayotganidan norozi. Tarkib o'yindan bir necha soat e'lon qilinishi tufayli futbolchilar o'z roliga tushib olishi qiyinlashmoqda. Murabbiy yigitlar bilan kam individual muloqot qilmoqda. Futbolchilar asosan Tuxel yordamchisi bilan aloqada bo'lishyapti.

Tomas Tuxel bahorda "Bavariya" bosh murabbiyi sifatida e'lon qilingan edi. Ayni damda jamoa Bundesliga jadvalida 3-o'rinni egallab turibdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Bayern & Germany