"Bavariya" yangi uy libosini namoyish etdi, emblema ustida beshinchi yulduz paydo bo'ldi
Sherzod Nurmatov
24 iyul 2021, 20:41
Myunxen klubi yangi 2021/22 yilgi mavsumda foydalanadigan libosini ko'rsatdi.
Libos to'q qizil rangda ishlangan. Ko'rish mumkinki, emblema ustida beshinchi yulduz paydo bo'lgan. Bilasiz, "Bavariya" Germaniyaning 30 karra chempioni hisoblanadi.
Eslatib o'tamiz, "Bavariya" texnik homiysi – Adidas kompaniyasi.