

Ma'lumotlarga ko'ra, nemis grandi bu futbolchini 34 yoshli qanot yarim himoyachilari Aren Robben va Frank Riberi o'rniga nomzod sifatida ko'rmoqda. 19 yoshli Pulishichning "Borussiya" bilan shartnomasi 2020 yilning yozigacha amalda, biroq Riberi va Robben esa 2018 yilning yozida erkin agentga aylanadi. Ayni damda fransiyalik va gollandiyalikning "Bavariya"dagi kelajagi ma'lum emas. Oldinroq, myunxenliklar prezidenti Uli Xyoness klub bu futbolchilar taqdirini bahorda hal qilishini aytgan edi.



