"Bavariya" "Real" o'yinchisi uchun kurashga qo'shildi

Alisher
17 apr 2020, 10:20
"Real" himoyachisi Ashraf Xakimi Germaniya chempionatida qolishi mumkin.

Futbolchi ayni damda ijara asosida Dortmundning "Borussiya" jamoasida o'ynamoqda.

21 yoshli marokashlik futbolchiga o'ng qanot himoyachi izlayotgan "Bavariya" klubi da'vogar. Myunxenliklar Joshua Kimmixning tayanch zonasiga o'tishi ortida o'ng qanot himoyachiga ehtiyoj sezishmoqda.

Eslatib o'tamiz, Xakimiga shuningdek "Arsenal" va "Borussiya" (Dortmund) klublari ham raqobatlashmoqda.

Marokashlik o'yinchi joriy mavsum Bundesligada 25ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol va 10ta assist qayd etgan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Sky Germany