“Bavariya” qatorasiga 9-marotaba Germaniya chempioni!

Eldor Akmurzayev
8 may 2021
Bundesliga 32-turidan o'rin olgan “Borussiya D” – “Leyptsig” bahsida mezbonlar 3:2 hisobida zafar quchdi.

Shu tariqa, 2-o'rindagi “Leyptsig” endi hech qanaqasiga o'zidan yuqorida turgan “Bavariya”ga eta olmaydi. Myunxenliklar ketma-ket to'qqizinchi mavsum Germaniya chempioniga aylandi. Shuningdek, “Bavariya” 31-marotaba Bundesliga titulini qo'lga kiritdi.

Xans-Diter Flik shogirdlari 71 ochko bilan turnir jadvalida peshqadamlik qilishayotgandi.

TURNIR JADVALI


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia