"Bavariya" PSJ xavbekining xizmatlariga qiziqmoqda

Alisher
20 iyun 2020
PSJ yarim himoyachisi Adil Aushish yozda klubini o'zgartirishi mumkin.

Futbolchiga Myunxenning "Bavariya" klubi qiziqish bildirmoqda. Bu haqda francuz matbuoti xabar tarqatmoqda.

17 yoshli vunderkindning bahosi 5,4 million evroga teng. O'yinchi hali "Pari Sen-Jermen" bilan professional shartnoma imzolaganicha yo'q.

Eslatib o'tamiz, PSJni tez orada himoyachi Kolin Dagba tark etishi mumkin. Futbolchiga "Everton" klubi qiziqmoqda.


AlisherMuallif
Manba: le10sport.com