"Bavariya" o'yinchisi: "Messidan libosini so'radim, ammo u..."

Alisher
20 avg 2020, 12:37
Alfonso Devis bolalikdagi kumirining libosini olishga urinib ko'rdi.

"Bavariya" va Kanada terma jamoasining 19 yoshli himoyachisi Chempionlar Ligasi chorak finali doirasidagi "Barselona" (8:2)ga qarshi o'yindan so'ng kataloniyaliklar lideri Lionel Messining libosini olmoqchi edi, ammo o'xshamadi.

"Men bu haqda so'radim, ammo u biroz xafa edi deb o'ylayman. Hammasi joyida. Keyingi safar bu amalga oshishiga umid qilaman", - deydi Devis.

Eslatib o'tamiz, "Bavariya" CHL finaliga yo'l oldi. PSJga qarshi hal qiluvchi o'yin 23 avgust kuni Lissabonda bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: BT Sport