"Bavariya" Nosir Al Helayfidan uzr so'radi

Administrator
28 noya 2024, 00:03
Klub kechagi o'yindagi muxlislar tomonidan namoyish qilingan baner bo'yicha bayonot berdi.

"Bavariya" klubi kecha YCHL beshinchi turidan o'rin olgan PSJga qarshi o'yinda myunxenlik muxlislar tomonidan stadionda namoyish qilingan banerlar bo'yicha Nosir Al Helayfidan uzr so'radi.

Kecha "Bavariya" muxlislari stadionda "Vazir, klub egasi, telehuquqlar egasi, UEFA ijroqo'm a'zosi, Yevropa klublari assotsiatsiyasi raisi – barchasi bittadami?", deb yozilgan banerlarni namoyish qilishgandi. Bundan tashqari, arenada haqoratomuz manodagi banerlar ham ko'rinish berdi.

"Bavariya" klubi raqiblar va ularning vakillari stadionda o'zlarini haqorat qilingandek his qilganlari uchun uzr so'raydi.

Klub bu banerlarning bizga aloqasi yo'qligini va jamoa poziciyasini ko'rsatmasligini ma'lum qiladi. Bu shiorlar uzoq muddatdan beri yaxshi aloqalarda bo'lgan ikki klub munosabatlarini aks ettirmaydi", -deyiladi "Bavariya" klubi bergan bayonotda.

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: fcbayern.com