

Ayni paytda "Bavariya" jamoasi Qatarning Doha shahrida mashg'ulot o'tkazmoqda. Klub matbuot xizmatining ma'lum qilishicha, jarohatidan qutulgan futbolchilar, Xames Rodrigez va Mats Xummels jamoa mashg'ulotida ishtirok etishyapti. Shuningdek, Serj Gnabri ham to'liq tiklanish jarayonini o'tkazayotgani aytib o'tilgan.
Muxlislar hamon Aren Robbenni safga qaytishidan umidavor. "Bavariya" matbuoti xizmati gollandiyalik vingerni qachon safga qaytishi hali noma'lum ekanini e'lon qildi.



