"Bavariya" muxlislari uchun ajoyib xabarlar

Mirjalol Normatov
18 okt 2018, 22:40
"Bavariya" matbuot xizmati jamoaning uch nafar futbolchisi safga qaytganini ma'lum qildi.

Rafinya, Jerom Boateng va Leon Gorecka jarohatidan qutulib, umumiy guruh mashg'ulotlariga qaytishgan. Ushbu futbolchilar yaqinlashib kelayotgan ilk o'yindayoq qatnashishi mumkin.

"Bavariya" 20 oktyabr kuni "Volfsburg" jamoasiga qarshi bahs olib boradi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Sky Sports