"Bavariya" Manening Senegal terma jamoasiga chaqirilganidan norozi

Оқил Абдубарноев
12 noya 2022, 00:20
"Bavariya" klubi hujumchi Sadio Manening JCH-2022 uchun Senegal terma jamoasi ro'yxatiga kiritilganidan norozi bo'ldi.

Mane Senegal terma jamoasidan Qatardagi musobaqaga boradigan 26 nafar futbolchi ro'yxatidan joy oldi.

Senegallik hujumchi Bundesliga doirasidagi "Verder"ga qarshi o'yinda olgan jarohati bilan ham terma jamoa tarkibiga kiritilgan. Myunxenliklar uning jarohati jiddiylashishidan xatorilanmoqda.

Mane joriy mavsumda Bundesliganing 14 o'yinida 6 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: twitter.com/cfbayern