"Bavariya" Lyov xizmatiga qiziqish bildirmoqda

Aslanov Jasurbek
17 dek 2015, 14:16
"Bavariya" rahbariyati yangi murabbiy qidirish ishlarini boshladi.

Ma'lumotlarga ko'ra, nomzodlar orasida Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Yoaxim Lyov ham bor.

Oldinroq Ispaniyaning Marca nashri Xosep Gvardiola mavsum oxirida nemis klubini tark etmoqchi ekanligini ma'lum qildi. Ispaniyalik mutaxassis mavsumlar oralig'ida "Manchester Siti" ustoziga aylanishi mumkin.

Kecha "Bavariya" "Real" sobiq murabbiyi Karlo Anchelotti bilan kelishib olgani haqida xabar qilingan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Münchner Merkur