"Bavariya" Leau uchun 60 mln evro va yana bir futbolchini berishga tayyor. "Milan" 100 mln olmoqchi

Alisher Ostonov
6 iyun 2025, 14:54
"Bavariya" "Milan"dan Rafael Leauni o'z safiga qo'shib olishni maqsad qilgan.

Klublar o'rtasida to'g'ridan-to'g'ri muzokaralar kelasi hafta bo'lib o'tishi kutilmoqda.

"Bavariya" Leau uchun 60 million evro va yana bir futbolchini berishga tayyor. "Rossoneri" portugaliyalikni saqlab qolishni istamoqda, ammo 100 million evro atrofidagi taklif bo'lsagina, uni sotishni o'ylashi mumkin.

25 yoshli vinger A Seriyaning o'tgan mavsumida 34 ta o'yinda 8 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

O'xshash yangiliklar


Alisher OstonovMuallif
Manba: x.com/NicoSchira