"Bavariya" Keyn bo'yicha muzokaralarni davom ettiryapti

Aslanov Jasurbek
7 avg 2023, 23:14
"Bavariya" Xarri Keyn transferi bo'yicha "Tottenxem" bilan muzokaralarni davom ettirmoqda.

Oldinroq "Tottenxem" "Bavariya"ning 100 mln. evrolik taklifini rad etgani haqida e'lon qilingan edi.

Ma'lumotlarga ko'ra, "Tottenxem" prezidenti Deniel Levi transfer uchun ko'proq pul xohlayapti. "Bavariya" bilan muzokaralar davom etyapti, ammo myunxenliklar va Xarri Keynning o'zi buyog'iga nima qilishni bilishmayapti.

"Bavariya" variantlardan biri sifatida Keynni qishda xarid qilishni o'ylab turibdi. Vaziyat shunday davom etsa, mavsumning birinchi qismida 18 yoshli Matis Tel myunxenliklarning asosiy hujumchisi bo'ladi.

Keyn kelasi yil "Bavariya"ga tekinga o'tishga tayyor, ammo u shu mavsum Chempionlar ligasida o'ynamoqchi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sport1