"Bavariya" Isko uchun kurashga qo'shildi

Aslanov Jasurbek
7 dek 2018, 14:37
"Real" yarim himoyachisi Iskoni xarid qilmoqchi bo'lganlar soni kun sayin oshib bormoqda.

Ma'lumotlarga ko'ra, ispanliyalikni xarid qilishni istayotgan navbatdagi klub - "Bavariya". Nemis klubidagilar ayni damda Frank Riberi, Aren Robben va Xames Rodriges o'rniga futbolchi qidirishmoqda va ularning fikricha, Isko sanab o'tilgan biror futbolchining o'rnini egallay oladi.

Oldinroq, 26 yoshli xavbek xizmatiga "Yuventus", "Manchester Siti" qiziqish bildirayotgani e'lon qilingan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Tuttosport