"Bavariya" hujumchisi yozda bir qancha takliflarni rad etgan

Sherzod Nurmatov
7 okt 2023, 16:19
Futbolchi klubini o'zgartirishni rejalashtirmayapti.

"Bavariya" hujumchisi Matis Tel o'tgan yozda 5 tadan ortiq taklifni rad etgan. Bu haqda insayder Fabricio Romano xabar berdi.

Futbolchida APLning top-klubiga o'tish imkoniyati bor edi, biroq u bu taklifga ham rad javobini bergan. Fransiyalik futbolchi "rekordmaystr" tarkibidan muqim joy olishga bel bog'lagan.

18 yoshli hujumchi ushbu mavsum har bir uchrashuvda o'rtacha 21 daqiqadan harakat qilmoqda. Shu bilan birga, u barcha turnirlarda 10 ta o'yinda 6 ta gol urgan.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano