"Bavariya" Germaniya terma jamoasi futbolchisi bilan yangi shartnoma imzoladi

Alisher
16 iyun 2024, 14:27
Aleksandar Pavlovich "Bavariya" bilan yangi shartnoma imzoladi.

Myunxen klubi 20 yoshli yarim himoyachi bilan 2029 yilga kelishuv uzaytirilganini e'lon qildi.

Pavlovich – "Bavariya" tarbiyalanuvchisi, u etti yoshidan beri klub tizimida. Aleksandar Germaniya terma jamoasining Evro-2024 uchun tarkibiga kirgandi, ammo tonzillit sabab turnirni o'tkazib yubordi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: fcbayern.com