"Bavariya" futbolchisi "Xoffenxaym"ga o'tdi

Aslanov Jasurbek
14 iyul 2017, 17:12
"Bavariya" yarim himoyachisi Serj Gnabri faoliyatini "Xoffenxaym"da davom ettiradi.

22 yoshli futbolchi yangi klubda ijara asosida to'p tepadi. Kelishuv 2018 yilning 30 iyunigacha belgilangan.

"Bu Gnabrining xohishi edi. U ko'proq o'yin amaliyotiga ega bo'lish uchun ijaraga ketishni istadi. Bir yildan so'ng Serj "Bavariya"ga qaytadi" - deydi "Bavariya" boshqaruv qo'mitasi raisi Karl-Xaync Rummenigge.

Serj Gnabri 2017 yilning 1 iyulida "Verder"dan "Bavariya"ga o'tgan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.com