"Bavariya" futbolchisi safdan chiqdi

22 dek 2019, 12:38
Bu haqida Myunxen klubi rasmiy sayti xabar qildi.

Kecha Bundesliga doirasidagi "Volfsburg"ga(2:0) qarshi uchrashuvni boshlang'ich tarkibda boshlagan Xavi Martines o'yinni yakuniga etkaza olmagandi. 45-daqiqada jarohatga yo'liqqan 31 yoshli ispaniyalik futbolchining o'rniga Jerom Boateng maydonga tushirilgandi. 

"Bavariya" bosh murabbiyi Xans-Diter Flikning aytishicha, Martines yaqin 6 hafta mobaynida maydonga tusholmaydi.

O'xshash yangiliklar


Manba: fcbayern.com