"Bavariya" "Barselona"ga qarshi o'yin oldidan liderlaridan birini yo'qotdi

Sherzod Nurmatov
10 sen 2022, 14:10
Myunxenning "Bavariya" klubi o'ng qanot vingeri Kingsli Koman jarohati sabab safdan chiqdi, deb xabar berdi "Bild".

Manba bergan xabarga ko'ra, futbolchiga o'ng son mushaklari zo'riqishi tashxisi qo'yilgan. Futbolchining tiklanish davri 2-3 haftani tashkil qiladi. 

Shu tariqa, u guruh bosqichining 2-turida "Barselona"ga qarshi o'yinni o'tkazib yuboradi, shuningdek, Germaniya chempionati doirasidagi "Shtutgart" va "Augsburg" bilan o'yinlarda ham maydonga tushmaydi.

26 yoshli Koman joriy mavsumda "Bavariya" safida 5 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning myunxenliklar bilan shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.

Eslatib o'tamiz, YCHL 2-turi doirasidagi "Bavariya" – "Barselona" bahsi 13 sentyabr kuni Toshkent vaqti bilan 23:59 da boshlanadi. 

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Bild