"Bavariya" "Barselona" vakillarining qo'ng'irog'iga javob bermayapti

Aziz Tukhtamuradov
1 iyul 2022, 07:29
"Bavariya" Robert Levandovski masalasida "Barselona" bilan muzokara o'tkazmoqchi emas.

Ma'lum bo'lishicha, myunxenliklar "Barsa" direktori Mateu Alemanining qo'ng'iroqlariga javob berishmayapti. Shu sababli, kataloniyaliklar Levandovski bo'yicha taklifni byurofaks orqali yuborishdi. 

"Bavariya" shuningdek Levaning agenti Pini Zaxavi bilan ham kelisha olmayapti. Ular o'rtasidagi munosabatlar yomonlashgan. 

Shu sababli, Levandovski katta ehtimol bilan mavsumoldi tayyorgarlikni "Bavariya"da boshlaydi. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Suddeutsche Zeitung