"Bavariya" "Barselona" himoyachisiga qiziqmoqda

Alisher
5 may 2021, 16:28
"Bavariya "Barselona" o'yinchisi Emersonning xizmatlariga qiziqish bildirmoqda.

22 yoshli braziliyalik futbolchi Sevilyaning "Betis" jamoasida ijara asosida o'ynamoqda. Emerson joriy mavsum Ispaniya chempionati doirasidagi 30ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 4ta assist qayd etdi.

Oldinroq himoyachiga "Milan" va "Inter" klublari qiziqish bildirayotgani xabar qilingan edi.

"Bavariya" Germaniya chempionati 31 turdan so'ng 71 ochko jamg'argan holda jadvalda birinchi o'rinda bormoqda.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Sky Sport Deutschland