"Bavariya" 13-bor "oltin dubl" qayd etdi

5 iyul 2020, 01:14
Biroz avval Germaniya kubogi finalida "Bayer"ni (4:2) mag'lub qilgan "Bavariya" futbolchilari turnir g'olibiga aylanishdi.

Bunga qadar 16 iyun kuni myunxenlik futbolchilar qatorasiga 8-marta Bundesliga chempionligini tantana qilishgan edi. Shu tariqa "Bavariya" Germaniya miqyosida 13-bor "oltin dubl"ga erishdi. Bu ko'rsatkich mamlakat rekordi hisoblanadi.

Eslatib o'tamiz, Myunxen grendi o'tgan mavsumda ham Bundesliga va Germaniya kubogida zafar quchgandi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Bild