Baum "Shalke" bosh murabbiyligidan iste'foga chiqarildi

Alisher
18 dek 2020, 15:50
Gelzenkirxenning "Shalke" klubi rahbariyati jamoa bosh murabbiyligidan Manuel Baumni olishga qaror qildi.

Mutaxassis Germaniya chempionatidagi salbiy natijalardan so'ng iste'foga chiqarildi.

Yaqin ikki o'yinda jamoani vaqtinchalik Xub Stevens maydonga boshlab tushadi. U allaqachon uch bor Gelzenkirxen jamoasi rulida ishlagan.

"Shalke" Bundesligada 12 turdan so'ng 4 ochko jamg'argan holda, jadvalning so'nggi o'rnida bormoqda.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Kicker