Germaniya terma jamoasi yarim himoyachisi Bastian Shvaynshtayger final oldi tashkil etilgan matbuot anjumanida ishtirok etdi.
Biz o'z kuchimizga ishonamiz. Ayni paytda juda yaxshi sport formasidamiz. Ertangi o'yinda g'alaba qozonishimizga ishonaman. Maydonga chiqqanimizdan keyin nimalarga qodir ekanligimizni ko'rsatishimiz lozim.