Bartomeu tvittyerdagi akkauntini o'chirib tashladi

Mirjalol Normatov
29 okt 2020
"Barselona"ning sobiq prezidenti Jozep Bartomeu klubdan ketganidan keyin tvitterini o'chirib tashladi.

57 yoshli mutaxassis referendumda ishonchsizlik votumini olganidan keyin iste'foga chiqishini ma'lum qilgandi. Oldinroq uning o'zi intervyuda doimiy taxdidlar ostida bo'lgani va oilasi bir necha bora haqoratlar qilinganini aytgandi.

Ayni damda uning o'rnida vaqtincha Karlos Tuskets ishlamoqda.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal