Bartomeu: "Messi mendan hech qachon Luis Enrike iste'fosini so'ramagan"

Aslanov Jasurbek
24 fev 2015, 11:10
"Barselona" prezidenti Xosep Mariya Bartomeu yana bir marta Lionel Messi bosh murabbiy Luis Enrikening iste'fosini so'raganligi haqidagi mish-mishlarni rad etdi.

Xabarlarga ko'ra, argentinalik futbolchi murabbiy bilan yaxshi munosabatda emas.

"Bu yolg'on. Messe hech qachon mendan Luis Enrikening boshini so'ramagan. U boshqa rahbarlarga ham bu istak bilan murojaat qilmagan" - deydi Bartomeu.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com