Bartomeu: “Barselona" yana 4 bor YCHLda zafar quchishi kerak edi”

Eldor Akmurzayev
19 avg 2020
Kataloniyaliklar rahbari Xosep Bartomeu o'ylangan rejalar amalga oshmagani haqida gapirdi.

“Barselona” Chempionlar Ligasida ko'prog'iga loyiq edi. Bizni chiqarib yuborgan to'rtta chempion bor edi – "Inter", "Chelsi", "Roma" va "Liverpul". O'ylashimcha, biz g'alaba qozonishimiz shart bo'lgan uchrashuvlarda yutqazdik”, deydi Bartomeu.

Eslatib o'tamiz, “ko'kanorranglilar” so'nggi marta YCHLda 2015 yil zafar quchgandi. Joriy mavsum esa klub o'z ishtirokini chorak finalda tugatdi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Marca