“Barselona”ning yangi mavsumda sardori kim bo'lishi ma'lum

Alisher
11 iyul 2023, 09:01
“Barselona” yangi mavsumga tayyorgarlikning ilk kunida jamoaning yangi sardorini e'lon qildi.

Endi jamoani maydonga klub tarbiyalanuvchisi Serxi Roberto boshlab tushadi.

 31 yoshli futbolchi “Barselona” safida jami 349 ta uchrashuvda maydonga tushib, 16 ta gol urgan va 40 ta golga uzatma amalga oshirgan. U asosiy jamoa safida 2012 yildan beri harakat qilib keladi. 

“Barselona”ning ikkinchi va uchinchi sardori esa Mark-Andre ter Shtegen va Usman Dembele bo'ladi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: footballhd.ru