"Barselona"ning yana 3 futbolchisida koronavirus aniqlandi

Mirjalol Normatov
30 dek 2021, 15:31
"Barselona"da kadrlar muammosi yanada avj olmoqda.

Klub matbuot xizmatining xabariga ko'ra, Filippe Koutino, Serjino Dest va Abde Ezzalzuli kabi futbolchilarning testi ijobiy chiqqan. Ular o'zlarini yaxshi his qilishayotgan bo'lsa-da, uyda izolyaciyada bo'ladi.

Shu orqali "Barselona"ning 10 nafar futbolchisi koronavirusga chalingan bo'lmoqda. Bunga qadar Jordi Alba, Dani Alves, Kleman Langle, Samyuel Umtiti, Aleks Balde, Usmon Dembele va Gavi kabi futbolchilarda ham virus aniqlangandi.

"Barselona"ning navbatdagi bahsi 2 yanvar kuni "Malorka"ga qarshi o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: fcbarcelona.com